Foydalanish shartlari
Ogohlantrish! Siz saytdan foydalanishni davom ettirish orqali Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati, Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash siyosatiga rozilik bildirasiz. Rozi bo‘lmasangiz, saytdan (xizmatlarimizdan) foydalanishni to‘xtating.
1. Umumiy qoidalar
- Ushbu shartlar carfixlab.com/ veb-sayti va uning barcha xizmatlaridan foydalanishni tartibga soladi.
- Carfixlab foydalanuvchilarga turli xizmatlarni taqdim etadi, biroq foydalanuvchi tomonidan yaratilgan, kiritilgan yoki yuklangan barcha kontent uchun faqat foydalanuvchi javobgar hisoblanadi.
- Carfixlab faqat platforma va texnik vosita sifatida ishlaydi, foydalanuvchilar kiritgan ma’lumotlarni nazorat qilish majburiyatiga ega emas.
2. Taqdim etiladigan xizmatlar
- Avtomobil olami yangiliklari – avtomobil sanoati va texnologiyalariga oid yangiliklar va ma’lumotlar.
- Blog – foydalanuvchilar o‘z maqolalarini yozishlari, ulashishlari va fikr bildirishlari mumkin.
- Savol/Javob xizmati – foydalanuvchilar savollar berishlari va boshqa foydalanuvchilardan javob olishlari mumkin.
- Carfixlab Editor – professional interfeysga ega chiptuning editor:
- ECU fayllarini ko‘rish va tahrirlash imkonini beradi.
- Foydalanuvchilar o‘z xaritalarini aniqlaydi va plugin yaratishi mumkin.
- Carfixlab umumiy foydalanish uchun standart modullarni taqdim etishi mumkin.
- Pluginlarni Marketplace’da sotish yoki ulashish imkoniyati mavjud.
- Pluginlar mazmuni uchun faqat foydalanuvchi javobgar, Carfixlab emas.
3. Mas’uliyatni cheklash
- Carfixlab foydalanuvchi tomonidan:
- Blogda yozilgan maqola,
- Savol/javob bo‘limida qoldirilgan xabar,
- Carfixlab Editor orqali yaratilgan yoki yuklangan fayl, plugin mazmuni uchun javobgar emas.
- Carfixlab hech qanday holatda:
- foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlarning aniqligi,
- ushbu ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatlari,
- avtomobil ishlab chiqaruvchilarning huquqiy da’volari,
- texnik muammolar yoki zararlar uchun javobgar emas.
- Foydalanuvchi platformadan foydalanib, barcha risk va oqibatlarni o‘z zimmasiga oladi.
4. Mualliflik huquqlari va uchinchi tomon da’volari
- Foydalanuvchilar yuklayotgan fayl yoki yozayotgan kontent ustidan qonuniy huquqlarga ega ekanligini tasdiqlaydi.
- Carfixlab foydalanuvchi joylashtirgan kontent ustidan mualliflik huquqini o‘zlashtirmaydi.
- Agar uchinchi tomon (masalan, avtomobil ishlab chiqaruvchi yoki dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi) intellektual mulk huquqlarining buzilishi haqida shikoyat qilsa, Carfixlab asosli shikoyatni ko‘rib chiqib, tegishli kontentni olib tashlash huquqiga ega.
5. Carfixlab Editor – Shartlar
- Carfixlab Editor – professional interfeysga ega ECU fayl tahrirlash vositasi.
- Standart modullar Carfixlab tomonidan yaratiladi. Ular xaritalarni tushunarli va sodda ko‘rinishda taqdim etadi. Xaritalarni o‘zgartirish foydalanuvchining ixtiyorida va barcha javobgarlik foydalanuvchining zimmasida.
- Pluginlar faqat foydalanuvchilar tomonidan yaratiladi. Ularni foydalanuvchilar Carfixlab Marketplace orqali sotishi yoki ulashishi mumkin.
- Plagin mazmuni uchun faqat foydalanuvchi javobgar. Carfixlab ularni nazorat qilmaydi va noqonuniy ishlatilishi uchun javobgar emas.
- Platformadan tashqarida sotilgan yoki ulashilgan pluginlar uchun Carfixlab mutlaqo javobgar emas.
- Carfixlab Editor va unda yaratilgan barcha modul va pluginlar faqat motorsport, off-road, ta’limiy va shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan. Yo‘l transportida foydalanish taqiqlanadi.
- Carfixlab hech qanday texnik nosozlik, zarar yoki huquqiy oqibatlar uchun javobgar emas.
6. Foydalanish maqsadi
- Carfixlab Editor va platformada yaratilgan barcha modul va pluginlar faqat motorsport, off-road, ta’limiy/tadqiqot va shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan.
- Yo‘l transportida foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
7. Qonunchilik
- carfixlab.com/ O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq faoliyat yuritadi.
- Har qanday nizolar O‘zbekiston qonunchiligi asosida ko‘rib chiqiladi.
8. Rozilik
Carfixlab xizmatlaridan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu shartlariga to‘liq rozilik bildiradi.